Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

10 ming yil xizmat qiladigan mexanik soatlar o‘rnatila boshlandi (video)

10 ming yil xizmat qiladigan mexanik soatlar o‘rnatila boshlandi (video)

Foto: «IBTimes UK»

«Amazon» kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos 10 ming yil xizmat qilishga qodir mexanik soatlar o‘rnatish boshlanganini ma’lum qildi, deb xabar berdi «NV.ua».

«O‘rnatish ishlari boshlandi — balandlik 152,4 metr, kecha va kunduzgi harorat sikllari yordamida harakatlanadigan barcha qurilmalar mexanik. Videoni tomosha qilib zavqlaning», — deb yozadi Bezos.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Texas g‘arbidagi tog‘larga o‘rnatilayotgan soatlarning narxi 42 million dollarni tashkil etadi. Shu bilan birga uning mexanizmi odam ishtirokisiz ishlayveradi. Mazkur soatlarni o‘rnatish bilan Bezos tomonidan moliyalashtiriladigan «Long Now Foundation» korxonasi shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan tashqari Bezos uch o‘rindiqli «New Shepard» kosmik kemasi va ko‘p tarmoqli «New Glenn» raketa tashuvchisini yaratish bilan shug‘ullanadigan «Blue Origin» aerokosmik kompaniyasiga ham egalik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring