Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple»ning eng ko‘p sotilayotgan mahsuloti. «iPhone» emas...

«Apple»ning eng ko‘p sotilayotgan mahsuloti. «iPhone» emas...

Foto: «Mashable.com»

«Ceros» bulutli platformasi tadqiqotchilari «Apple» kompaniyasining qaysi mahsulotlari eng xaridorgirligini aniqlashga urinib ko‘rishdi. Tadqiqot natijalarini platformaning rasmiy saytida chop etishdi. Ular «Best Buy» tarmog‘ining AQSh va Kanada bozoridagi savdolarini o‘rganishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, «Apple»ning 2016-yili eng ko‘p sotilgan mahsuloti bir metrlik sim bo‘lib chiqdi — tez-tez yo‘qotib yoki yaroqsiz holatga keltirib qo‘yishgani uchun «ayfon» egalari «Lightning-to-USB 2.0» kabelini do‘konlardan ko‘p sotib olishgan. Ikkinchi o‘rinda — «Earpods» naushnigi, uchinchi — «Apple TV» mediapleyeri.

2017-yilda esa vaziyat o‘zgardi: «iPhone 7» smartfoni chiqishi bilan «Lightning-to-USB 2.0» kabeliga talab kamayib, o‘rnini «AirPods» simsiz naushniklari egalladi va ular hamon «Apple» kompaniyasining eng ko‘p sotilayotgan mahsuloti bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring