Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bukiluvchi birinchi iPad qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi

Bukiluvchi birinchi iPad qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi

Foto: Vesti.ru

Apple ilk bukiluvchi planshetini chiqarish arafasida turibdi. Voqea tafsilotlaridan yaxshi xabardor TF International Securities (Tayvan) tahlilchisi Min Chi Kuo bukiluvchi iPad haqidagi ayrim ma’lumotlarni ochiqladi.

Uning manbalariga ko‘ra, Samsung va Xitoyning ba’zi kompaniyalaridan farqli o‘laroq, Apple smartfonlarini emas, planshetini bukishga qaror qilgan.

Kuo Twitterda yozishicha, bukiluvchi iPad 2024-yilda chiqariladi. Bu bilan kompaniya qurilmalari qatori to‘lib, savdolari yurishib ketishiga umid qilmoqda. Tahlilchi Apple innovatsion plansheti bilan birga, yangilangan ixcham iPad minini ham taqdim etishini ma’lum qildi.

Bukiluvchi iPad haqida ma’lumotlar juda oz. Faqat uning uglerod tolali bukiluvchi tayanchini Xitoyning Anjie Technology kompaniyasi tayyorlab berishi ma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring