Hayvonlar tilini tushunish davri yaqinlashmoqdami?
Olimlarning fikricha, yaqin 10 yil ichida sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar yordamida hayvonlarning o‘zaro muloqotini deyarli to‘liq tushunish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunda tadqiqotchilar kitlar, delfinlar, qushlar, fillar va boshqa ko‘plab hayvonlarning tovushlari hamda xatti-harakatlarini tahlil qilmoqda. Sun’iy intellekt ulkan hajmdagi ma’lumotlarni solishtirib, bu signallarda ma’lum qonuniyatlar va “til” elementlarini aniqlashga harakat qilmoqda.
Agar mazkur tadqiqotlar muvaffaqiyatli yakunlansa, insoniyat ilk bor millionlab boshqa tirik mavjudotlarning qay tarzda muloqot qilishi, xavf-xatar haqida qanday ogohlantirishi, bolalariga nimalarni “o‘rgatishi” va hatto hissiyotlarini qaysi yo‘sinda ifoda etishini tushunishga yaqinlashadi.
Ehtimol, biz 300 ming yil davomida yonimizda yashab kelgan, ammo e’tibor bermagan ulkan aql va muloqot olamini endi kashf etishni boshlayotgandirmiz. Bu nafaqat ilm-fan, balki insonning tabiatga bo‘lgan qarashlarini ham tubdan o‘zgartirishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter