Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Innovatsion rivojlanish vazirligi Turkiya vakolatxonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Innovatsion rivojlanish vazirligi Turkiya vakolatxonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Innovatsion rivojlanish vazirligining birinchi o‘rinbosari Sharof Rajabboyev Turkiyaning O‘zbekistondagi TIKA (Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Apparati huzuridagi Hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha boshqarmasi) vakolatxonasining rahbari Ali Isxan Chag‘lar hamda Turkiya Milliy ta’lim vazirining maslahatchisi professor Mustafa Xilmi bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Ali Isxan Chag‘lar Turkiya Milliy ta’lim vazirining maslahatchisi Mustafa Xilmini vazirlik maslahatchisi sifatida faoliyat olib borishi uchun nomzod sifatida taklif qildi. Uning innovatsion faoliyatni rivojlantirish borasida katta tajribaga egaligini bildirib o‘tdi. Prof. Mustafa Xilmi o‘z rejalari haqida gapirib berdi.

Ilmiy ishlanmalarga oid loyihalarini tijoratlashtirish borasida TIKA vakolatxonasi Turkiyaning yirik tadbirkorlarini jalb qilishini ham bildirdi.

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Apparati huzuridagi Hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha boshqarmasi (TIKA) rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘mak berish hamda ularga iqtisodiyot, savdo, ilmiy-texnik, madaniyat, ta’lim va ijtimoiy sohalarda munosabatlarni o‘rnatish maqsadida 1992-yili tashkil etilgan bo‘lib, 20 ta mamlakatda 23 ta muvofiqlashtiruvchi idoralari faoliyat yuritmoqda.

Texnik ko‘mak taqdim etish va hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda TIKA mamlakatlarning milliy qadriyatlari, ijtimoiy va madaniy xususiyatlariga alohida e’tibor qaratadi, ularning tajribasiga tayanadi. Ayniqsa, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar TIKAning diqqat markazida turadi. Umuman olganda, TIKA boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni ikki turga ajratish mumkin. Bular texnik ko‘mak va hamkorlikdir. Texnik ko‘mak trening-dasturlar, asbob-uskunalar, mutaxassislarning xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy, moliyaviy loyihalardan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring