Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Istanbuldagi terakt ijrochisi 1794 yilga qamaldi

Istanbuldagi terakt ijrochisi 1794 yilga qamaldi

Istanbul sudi shahar markazidagi terakt ijrochisini yetti umrbod qamoq jazosiga - 1794 yillik hibsga hukm qildi, deb xabar bermoqda TRT Haber telekanali.

Shaharning Istiqlol ko‘chasida portlash 2022-yil 13-noyabr kuni tushdan keyin sodir bo‘lgandi. Oqibatda olti kishi halok bo‘ldi, 100 ga yaqin kishi jarohat oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1999-yilda tug‘ilgan Suriya fuqarosi Ahlam al-Bashir Istanbulning asosiy sayyohlik ko‘chalaridan birida bomba qoldirdi. U «davlat birligi va yaxlitligini buzganlik» va «qasddan odam o‘ldirish» ayblari bilan yetti umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Ishga jami 36 kishi jalb qilingan.

Tergovchilar kuzatuv kamerasi orqali tasvirlarini ko‘rib chiqishdi. Ularda ayol bomba solingan paketni ko‘cha o‘rtasidagi skameyka tagida qoldirib, tezda jinoyat joyini tark etgani ko‘rsatilgan. Ahlam al-Bashir hujumning ertasiga, 2022-yil 14-noyabrda hibsga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring