Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mobicon 2018» konferensiyasida mashhur o‘zbek blogerlari ishtirok etadi

«Mobicon 2018» konferensiyasida mashhur o‘zbek blogerlari ishtirok etadi

Foto: «Xabar.uz»

11-oktyabrda bo‘lib o‘tadigan «Mobicon 2018» mobil konferensiyasida o‘zbekistonlik mashhur bloger hamda vaynerlar ishtirok etadi.

O‘zbekistonda mualliflik bloglari yildan-yilga oshib bormoqda. 2014-yildan boshlab esa bloger tushunchasi qonunda aniq qilib belgilab qo‘yildi. Bugungi kunda ayrim blog-loyihalaridagi umumiy obunachilar soni 100 mingdan ortiqni tashkil qilmoqda.

«Mobicon 2018» konferensiyasida ishtirok etuvchi blogerlar:

  • Umid G‘afurov — «Socio.uz» va «Troll.uz» asoschisi. Spiker mavzusi: «Chiroq, telefon, motor!». Qanday qilib pulsiz o‘z videoblogingizni boshlashingiz mumkin?;
  • Mirahad Yegamediyev hamda Timur Amanshikov — «Poxer TV» loyihasining mualliflari. Spiker mavzusi: «Ingliz tilida mashhur vaynlarni qanday qilib olish mumkin?»;
  • Sardor Babayev — «NEVKURSE» hamda «IN DA XAUS» internet-loyihalarining muallifi. Spiker mavzusi: «Nima uchun O‘zbekistonda videobloging o‘lib ketadi?»;
  • Feruzxan Yakubxodjayev — «Grajdanin Gorojanin» va «Filologiya» videobloglarining mualifi. Spiker mavzusi: «Omma ichida turib, fikrlash nega kerak? Blogingdagi ijtimoiy vazifalar»;
  • Sardor Alimov — «Sainstablog» kanalining muallifi. Spiker mavzusi: «Qanday qilib Toshkentda mashhur YouTube’chi bo‘lish mumkin?»;
  • Rustam Mahamadjanov — «ROCKET» agentligining asoschisi hamda boshqaruvchisi, #XOROSh vlogining muallifi. Spiker mavzusi: «Qanday qilib #XOROShIY hamda serdaromad vlog qilish mumkin?».

O‘zbekistonlik blogerlardan tashqari, «Mobicon 2018» mobil konferensiyasida «YouTube» vakili, «Genesis YouTube Qazaqstan & Central Asia» rahbari Samson Bezmyatejniy ham ishtirok etadi. U «YouTube»ning Qozog‘iston, Markaziy Osiyo va dunyo mamlakatlarida rivojlanishi, sohadagi so‘nggi trendlar haqida so‘zlab, ushbu videoservisda qanday qilib o‘z kanalingizni rivojlantirishingiz mumkinligi haqida maslahatlar beradi.

«Mobicon» spikerlarining batafsil ro‘yxati bilan konferensiyaning rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

Konferensiyaga keluvchi har bir ishtirokchi O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida tijoriy yo‘lga qo‘yiladigan yangi aloqa standartini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega. Hozirda esa abonentlar O‘zbekistonning barcha yirik shaharlarini qamrab olgan tarmoqning to‘rtinchi avlodidan (4G) foydalanishlari mumkin.

«Mobicon 2018» konferensiyasi, an’analarga sodiq qolgan holda, faqat bir kun — 11-oktyabrda «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida o‘tkaziladi. Tinglovchi sifatida ishtirok etish — bepul.

Taklifnomani qo‘lga kiritish uchun tadbirning rasmiy Telegram-kanalida ro‘yxatdan o‘tish kerak. Konferensiyadan uch kun avval Telegram-kanalning barcha a’zolariga elektron taklifnoma jo‘natiladi. Mazkur taklifnoma bilan konferensiya o‘tkazilayotgan binoga kirish mumkin.

Tadbir tashkilotchisi — «Ledokol Group» media agentligi. «Ledokol Group», «Mobicon»dan tashqari, 2011-yildan «USENET» internet-konferensiyasi tashkilotchisi hisoblanadi.

Konferensiyaning bosh homiysi — «Beeline Uzbekistan». Bosh axborot hamkori — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK).

Anjuman homiylari: «CLICK» elektron to‘lov tizimi, «MacCoffee» savdo belgisidan «Cafe’ PHO» hamda rasmiy mobil homiy — «MEIZU» kompaniyasi. Shuningdek, tadbirning IT-homiysi «WebNow», Event-ko‘mak — «Unique Present», SMM-hamkor — «Africa» agentligi.

Bu yilgi konferensiya ham bir paytning o‘zida ikkita anjuman zalida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlari uchun kerakli spikerlarni tanlab, ularni eshitish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring