Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ovoz yordamida boshqariladigan smartfon namoyish etildi (video)

Ovoz yordamida boshqariladigan smartfon namoyish etildi (video)

Apple kompaniyasining sobiq xodimlari Imron Chaudri va Betani Bonjorno tomonidan asos solingan Humane startapi o‘zining birinchi AI Pin qurilmasini taqdim etdi.

Yangi texnologiya ikki qismdan iborat: kvadrat korpus va batareya bloki. U Snapdragon protsessorida ishlaydi va magnitlar yordamida kiyim yoki boshqa yuzaga biriktirilishi mumkin.

AI Pin ekranga ega emas va uni ovoz yordamida boshqarish kerak. Lekin karnay va kamera, chuqurlik va harakat sensorlari bor. Bundan tashqari, korpusga mini-proyektor o‘rnatilgan bo‘lib, u ma’lumotni tashqi yuzalarga, shu jumladan, kaftga ham uzata oladi. Sensorli panelga tegish orqali ham o‘zaro aloqada bo‘lish mumkin.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, AI Pin butunlay avtonom qurilma. Ya’ni, undan foydalanish uchun smartfon bilan bog‘lanish shart emas, ammo qiymati 24 dollar bo‘lgan oylik obuna sotib olish lozim. U T-Mobile tarmog‘idagi telefon raqamini, bulutli xotirani va sun’iy intellektdan cheksiz foydalanish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.

AI Pin 700 dollarga baholanmoqda. Oldindan buyurtmalarni qabul qilish boshlangan. Qurilma 2024 yil-boshida yetkazib berilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring