Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda qayta aloqa — «ClickSmile» terminallarini o‘rnatish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda qayta aloqa — «ClickSmile» terminallarini o‘rnatish taklif etilmoqda

Foto: «Uzbektourism.uz»

O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi aholiga xizmat ko‘rsatuvchi barcha kompaniyalarga qayta aloqa terminallarini o‘rnatishni taklif qilmoqda. Bular davlat va yagona darcha xizmati tashkilotlari, aeroportlar, vokzallar, avtovokzallar, bojxona va chegara postlari, mehmonxonalar, restoranlar, xizmat ko‘rsatish markazlari, mashhur turistik yodgorliklar va boshqalardir. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

«Bitta tugmani bosish orqali darhol ikki vazifa bajariladi: mijoz yoki tashrif buyuruvchi sayyohning xohishini eshitish va ularning muammolarini bartaraf etish. Bu mijozga anonim tarzda tez va oson so‘rov yoki shikoyat qoldirish imkonini beradi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, mazkur terminallardan allaqachon dunyo miqyosida keng foydalanilayotgani va ular yuzdan ziyod davlatda o‘rnatilgani ta’kidlangan. Ko‘rinishidan o‘yinchoqni eslatuvchi ushbu to‘rt tugmali qurilmani aeroportlar, do‘konlar, fast-fud oshxonalari va stadionlarda uchratish mumkin: ular hatto «Amazon», «Elp» va «TripAdvisor»dan ko‘p murojaatlarni to‘plaganlar.

Terminallar odamlarga to‘plangan tajribalarni to‘rt hissiyot yordamida baholash imkonini beradi:

  • «judayam mamnun» (yorqin tabassumli yashil tugma);
  • «mamnun» (oddiy tabassumli yashil tugma);
  • «mamnun emas» (pushti rangli tund chehrali tugma);
  • «juda norozi» (qizil rangli, «jahldor» tugma).

Bitta terminal bir kunda minglab anonim munosabatlarni ro‘yxatga olishi mumkin.

Ishlab chiqaruvchi korxonalar funksiyalari kengaytirilgan, jumladan ovozli xabar qoldirish yoki shikoyat yozish (yoki ro‘yxatdan kerakli punktni tanlash) funksiyasi mavjud terminallarni ham taklif etishmoqda, ularda yig‘ilgan ma’lumotni «Excel» dasturida hisobot shaklida chiqarish mumkin.

Davlat turizm qo‘mitasi yurtimizda mazkur terminallarni ishlab chiqarish yuzasidan mahalliy kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazishni boshlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring