Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ShHT mamlakatlari maxsus xizmatlari yil davomida 182 nafar terrorchini yo‘q qilgan – Ruslan Mirzayev

ShHT mamlakatlari maxsus xizmatlari yil davomida 182 nafar terrorchini yo‘q qilgan – Ruslan Mirzayev

Ruslan Mirzayev, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlari maxsus xizmatlari tomonidan bir yil davomida 69 ta teraktning oldi olingan, 73 ta terrorchilik tuzilmasi faoliyati fosh etilgan. Bu haqda 7-noyabr kuni ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev ma’lum qildi.

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining to‘qqizinchi ilmiy-amaliy konferensiyasida ma’ruza qilgan Ruslan Mirzayev a’zo mamlakatlarning maxsus xizmatlari 507 nafar terrorchi va ularning sheriklarini aniqlashganini ochiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, ulardan 447 nafari qo‘lga olingan, 182 nafari yo‘q qilgan, 54 nafariga esa sud tomonidan jazo tayinlangan.

Ajablanarlisi, Ruslan Mirzayev ayni shu raqamlarni 2023-yilning iyulida ham tilga olgandi. Oradan to‘rt oy vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ShHT doirasida terrorchilikka qarshi kurashish bo‘yicha boshqa holatlar aniqlanmaganmi yoxud Mirzayev poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan tadbirda eski statistikaga asoslangan ma’ruza bilan qatnashganmi, bunisi bizga qorong‘i. Shuningdek, u “bir yil davomida” deganda 2023-yilni nazarda tutganmi yoki boshqa oraliqni, bunga ham oydinlik kiritmagan.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga 2001-yil 15-iyun kuni Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan asos solingan. Keyinchalik Hindiston va Pokiston unga qo‘shildi. Tashkilotda Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston kuzatuvchilardir. 2005 yildan beri ShHT kuzatuvchisi bo‘lgan Eron 2023-yil 4-iyulda tashkilotning to‘qqizinchi a’zosiga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring