Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afrika davlatlarida vabo avj olishni boshladi

Afrika davlatlarida vabo avj olishni boshladi

O‘tgan yil mart oyidan boshlab Afrika qit’asining ba’zi mamlakatlarida vabo epidemiyasi kuzatila boshlagandi. Qisqa davrda eng ko‘p kasallanish holatlari Malavi davlatida qayd etildi. 60 mingdan ortiq bemorga mazkur xastalik tashxisi qo‘yildi.

Umuman, 2022-yil davomida 30 ta mamlakatda ushbu kasallik epidemiyasi ro‘yxatga olindi. Bu holat avvalgi yillarga nisbatan ko‘rsatkichlar o‘rtacha 50 foizga oshganini tasdiqlaydi.

Joriy yilda esa bu holat yanada kuchaydi. Afrikaning 14 davlatida epidemiya o‘choqlari aniqlandi.

Fevral boshida kunlik kasallanishlar soni 700 taga yetdi. O‘lim darajasi 3,3 foizni tashkil etdi. Bu — odatdagidan uch baravar ko‘p ko‘rsatkich. Mart oyiga kelib esa vabo 1600 nafardan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi.

Endilikda xavfli epidemiya Efiopiya shimoli-g‘arbida avj olmoqda. Kasallik hozirgacha to‘qqiz kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bemorlar umumiy soni esa 131 nafarga yetdi. Ayni paytda kasallanish holatlari mamlakatning uchta tumanida kuzatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqaror ekani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring