Aleksandr Vuchich Serbiya prezidenti lavozimidan ketishini ma’lum qildi
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 25 yoki 26-sentyabr kuni iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Nyu-Yorkdan qaytgach prezidentlik vakolatini topshiradi va parlament saylovlari oldidangi so‘nggi bir oylik kampaniyada oddiy fuqaro sifatida ishtirok etadi.
Serbiyada muddatidan oldingi parlament saylovlari 25-oktyabr kuni o‘tkazilishi belgilangan. Vuchich 9-sentyabr kuni mamlakat parlamentini tarqatib yuborgan edi.
Avvalroq hukmron Serbiya taraqqiyot partiyasi Vuchichni saylovda partiya ro‘yxati yetakchisi va, g‘alaba qozonilgan taqdirda, bosh vazirlikka nomzod sifatida ko‘rsatgan.
Vuchich 25–26 sentyabrdan keyin prezident sifatida emas, saylov kampaniyasi ishtirokchisi sifatida faoliyat olib borishini ta’kidlagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter