Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Amerika ovozi»da «tozalash» ishlari boshlandi

«Amerika ovozi»da «tozalash» ishlari boshlandi

Foto:«AP»

Jo Bayden AQSh rahbari lavozimiga kirishganidan so‘ng darhol AQSh nazorati ostidagi xalqaro telekanallarda xodimlarni tozalash ishlari boshlandi, deb yozadi Washington Post.

Chorshanba kuni, Baydenning inauguratsiyasidan so‘ng darhol Donald Tramp tomonidan tayinlangan AQShning Global Media Agentligi (USAGM)   rahbari Maykl Pek iste’foga chiqdi. Agentlik bir qator yangiliklar manbalarini, jumladan, «Amerika Ovozi»  ustidan nazorat olib boradi. Pekning aytishicha, u Baydenning iltimosiga binoan o‘z lavozimidan iste’foga chiqqan. 40 yilga yaqin tajribaga ega «Amerika Ovozi»  jurnalisti Kelu Chjao (USAGM)  rahbari etib tayinlandi. Chjao, o‘z navbatida, «Amerika Ovozi» direktori Robert Reylli va direktor o‘rinbosari Elizabet Robbinsni payshanba kuni ishdan bo‘shatdi.   shuningdek radiostansiya faxriysi, Iolanda Lopes  «Amerika Ovozi» ning vaqtinchalik rahbari bo‘ldi.

Nashrning ta’kidlashicha, Baydenning ushbu sohadagi kadrlar siyosati Trampning ayrim tanqidchilarining bayonotlarini aks ettiradi, nashrni o‘z qarashlarining «og‘zi»ga  aylantirmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring