Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Anomal issiq sabab qo‘shimcha dam olish kunlari e’lon qilindi — Eron

Anomal issiq sabab qo‘shimcha dam olish kunlari e’lon qilindi — Eron

Eron hukumati mamlakatdagi anomal issiq tufayli 2-3 avgust (chorshanba va payshanba) kunlarini dam olish kuni deb e’lon qildi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.

«Davlat idoralari, banklar va maktablarni chorshanba va payshanba kunlari vaqtincha yopish to‘g‘risidagi qaror Eron Sog‘liqni saqlash vazirligining yuqori harorat tufayli issiqlik urishi holatlari ko‘payishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishi bilan bog‘liq», — degan Islom Respublikasi hukumati matbuot kotibi.

Kecha, 1 avgust kuni poytaxt Tehron shahrida havo harorati Selsiy bo‘yicha 38, Ahvaz shahrida esa 50 darajaga yetdi.

Joriy yilning 2-3 avgust kunlari mamlakatda havo harorati 40 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring