Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh va Eron yana o‘zaro zarbalar almashdi

AQSh va Eron yana o‘zaro zarbalar almashdi

AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik yanada kuchayib, tomonlar navbatdagi harbiy zarbalarni amalga oshirdi.

Pentagon ma’lumotiga ko‘ra, AQSh to‘qqizinchi kecha ketma-ket Eron hududidagi harbiy nishonlarga havo zarbalari berdi. Hujumlar davomida qo‘mondonlik markazlari, havo mudofaasi tizimlari, sohil kuzatuv obyektlari, dengiz kuchlari, shuningdek, raketa va dron uchirish maydonlari hamda aloqa markazlari nishonga olingan.

AQSh prezidenti Donald Tramp zarbalar amerikalik uch harbiyning halok bo‘lishiga javob tariqasida amalga oshirilganini bildirib, mamlakat Eronga qarshi amaliyotlarni davom ettirishga tayyorligini ta’kidladi.

Bunga javoban Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy obyektlariga zarba berganini ma’lum qildi. Tehronning bildirishicha, Quvaytdagi AQSh harbiy obyektlari, jumladan erta ogohlantirish radiolokatsiya tizimi va «Ali Al-Salem» aviabazasidagi dronlar angari nishonga olingan. Quvayt Qurolli kuchlari esa mamlakat havo mudofaasi tizimlari hujumlarni qaytarganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Bahraynda ham ehtimoliy raketa hujumi xavfi sababli havo hujumi sirenalari ishga tushirildi.

AQSh diplomatik yechimga tayyorligini bildirmoqda, ammo Vashingtonning Yaqin Sharqdagi harakatlari fonida Eron avvalgi kelishuv shartlarini bajarishni to‘xtatganini ma’lum qilgan. Bu esa mintaqadagi vaziyat yanada keskinlashishi mumkinligidan darak bermoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring