AQShning uch nashri prezident Trampni sudga berdi
AQShning үchta yetakchi ommaviy axborot vositalari — CNN, Politico va MS Now — AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishdi.
Ular Trampning Oq uyga kirishni taqiqlash haqidagi yaqinda qabul qilgan qaroriga qarshi chiqmoqdalar. Prezident ushbu nashrlarni AQSh ma’muriyati haqida yolg‘on ma’lumotlar chop etishda aybladi.
Qo‘shma bayonotda CNN, Politico va MS Now «taqiq Birinchi tuzatishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum va asosiy konstitutsiyaviy tamoyillarni qo‘pol ravishda buzish» ekanligini ta’kidladilar. Nashrlar Kolumbiya okrugi federal sudidan jurnalistlarning Oq uyga kirishini darhol tiklashni so‘rashmoqda.
«Biz rasmiylarga Birinchi tuzatish huquqlarimizni himoya qilish uchun ushbu sudga da’vo arizasi berayotganimiz haqida xabar berdik. Biz hukumat matbuot nimani xabar qilishi yoki nashr etishini hal qilmasligi kerak degan tamoyilga amal qilamiz», deyiladi qo‘shma bayonotda.
Oq uy va Donald Tramp hali sud jarayoni bo‘yicha izoh berishmadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter