Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya tashqi ishlar vaziri qochishga majbur bo‘ldi

Britaniya tashqi ishlar vaziri qochishga majbur bo‘ldi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli Isroilning janubidagi Ofakim shahriga tashrif buyurganida, HAMAS guruhi tahdidi sabab qochishga majbur bo‘ldi. 

X ijtimoiy tarmog‘i (sobiq Tvitter) e’lon qilingan kadrlarda Kleverli sirenalar chalinayotganda bombapanohga yugurayotganini ko‘rish mumkin.

Tashqi ishlar vazirligi rahbari chorshanba kuni Isroilga kelgandi. U Isroilning yuqori martabali rahbarlari va XAMAS hujumlaridan jabrlanganlar bilan uchrashadi.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya, boshqa Yevropa davlatlari kabi, Isroilni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Eslatib joizki, 7-oktyabrdan boshlab Isroil va G‘azo sektorida vaziyat o‘ta keskinlashdi. HAMAS guruhining hujumiga javoban Isroil G‘azoga misli ko‘rilmagan darajada hujumlar uyushtirdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring