Buyuk Britaniyada 97 yoshli ayol tez yordamni 10 kun kutib jon berdi
Buyuk Britaniyaning Nyuport shahrida yashagan 97 yoshli Babett Berdj tez tibbiy yordamni 10 kun kutishga majbur bo‘ldi va vafot etdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, keksa ayol o‘z uyida polda yotgan holda topilgan. Uning nafas olishi qiyinlashgan bo‘lgan va oradan bir necha soat o‘tib vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, o‘limning asosiy sababi pnevmoniya bo‘lgan. Shuningdek, chap son suyagining sinishi va uzoq vaqt harakatsiz qolishi qo‘shimcha omil sifatida qayd etilgan. Marhumaning tanasida qon aylanishining buzilishini ko‘rsatuvchi alomatlar ham aniqlangan. Bunday holat odatda sovuq qotish yoki uzoq vaqt harakatsiz yotish natijasida yuzaga keladi.
Fojiadan oldin mahalliy poliklinika feldsheri Babett Berdjni ko‘rikdan o‘tkazib, son suyagi sinishiga xos belgilarni qayd etgan. Biroq uni shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizish o‘rniga, tez yordam St Mary’s Hospitalga faqat 10 kundan keyin olib borishini aytgan. Bu vaqt ichida ayol uyida qolgan va yana bir marta yiqilib tushgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan rasmiy tekshiruv boshlangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter