Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dog‘iston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari qo‘lga olindi

Dog‘iston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari qo‘lga olindi

Dog‘iston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rufat Ismoilov qo‘lga olindi, uning yashash uyi va ish joyida tintuvlar o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi «TASS».

«RIA Novosti» xabariga ko‘ra, u pora olganlikda gumon qilinmoqda. Agentlik manbasining aniqlik kiritishicha, tintuvlar Federal xavfsizlik xizmati markaziy apparati xodimlari tomonidan olib borilmoqda.

Mahalliy telegram-kanallarning yozishicha, vazir o‘rinbosaridan tashqari, tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dalgat Abdulgapurovda ham tintuv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 29 oktyabr kuni Maxachqal’a aeroportida tartibsizliklar yuz bergan edi.

Dog‘iston rahbari Sergey Melikov tartibsizliklarga aloqador barcha shaxslarni javobgarlikka tortishga va’da bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring