Dunyoda qancha milliarder bor?
2025-yilda dunyoda milliarderlar soni shitob bilan ko‘payib, jami 3 795 nafarga yetdi. Ularning umumiy boyligi — 15,1 trillion dollar. Bu haqda Altrata kompaniyasining Billionaire Census 2026 hisobotida ma’lum qilindi.
Milliarderlar soni bo‘yicha AQSh katta farq bilan birinchi o‘rinda — 1 265 nafar. Keyingi o‘rinlarda: Xitoy — 363, Germaniya — 221, Rossiya — 151 nafar.
Hisobotda ta’kidlanishicha, so‘nggi davrda milliarderlar sonining o‘sishiga sun’iy intellekt sohasiga kiritilgan ulkan sarmoyalar oqimi ham ta’sir ko‘rsatgan.
Dunyo boylarining 29 nafari «supermilliarder» — har birining 50 milliard dollardan ortiq boyligi bor. Jahondagi milliarderlar o‘rtacha 71 yoshda, boylarning 13 foizi — ayollar.
Milliarderlarning 62 foizi boyligiga mustaqil erishgan, 8 foizi esa meros sifatida qo‘lga kiritgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter