Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Flydubai samolyotidagi hodisa — BAA bosh prokurori bayonot berdi

Flydubai samolyotidagi hodisa — BAA bosh prokurori bayonot berdi

Foto: Reuters

Flydubai samolyotidagi hodisa yuzasidan BAA bosh prokurori bayonot berdi.

Uning aytishicha, ikkinchi uchuvchi samolyot kapitani (birinchi uchuvchi)ni avariyaviy bolta bilan urib, boshqaruvni qo‘lga olishga harakat qilgan.

ABC News tergov jarayoni bilan tanish manbalarga asoslanib xabar berishicha, Hamam al-Hammami (ikkinchi uchuvchi) samolyotni Isroilda halokatga uchratmoqchi bo‘lganini tan olgan.

Tergovchilar haligacha bu uchuvchiga qanday qilib Flydubai reyslarida ishlash, ayniqsa, Isroilga uchadigan samolyotlarni boshqarishga ruxsat berilganini aniqlashga harakat qilmoqdalar. Ayni paytda Al-Hammami Saudiya Arabistonidan BAAga keltirilgan, isroillik rasmiylar Amirliklarga kelishi va gumonlanuvchini keyingi so‘roq qilish jarayonlarida ishtirok etishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring