Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Panoramali tom, 265 km/soat maksimal tezlik, «BYD» batareyalari – «Xiaomi» ilk elektromobilini namoyish etdi

Panoramali tom, 265 km/soat maksimal tezlik, «BYD» batareyalari – «Xiaomi» ilk elektromobilini namoyish etdi

Foto: infocity.tech

«Xiaomi» ning birinchi elektromobili – «Beijing Xiaomi SU7»ni namoyish etdi. Avtomobil besh o‘rindiqli bo‘lib, bir necha pozitsiyali bo‘lishi aytilmoqda. Pozitsiyalar tortish va batareya quvvati, elektr motorlari soni va akkumulyatori bilan farqlanadi.

Unda panoramali oynavand tom ham bo‘lishi o‘zbekistonlik avtoishqibozlarga xush kelishi shubhasiz. Og‘irligi 2205 kg bo‘lgan avtomobil soatiga 265 kilometr tezlikka chiqa oladi.

Foto: infocity.tech

«Bloomberg»ning yozishicha, mazkur elektromobil «Beijing Automotive Industry Holding» («BAIC») zavodida ishlab chiqariladi. Akkumulyator bloki esa «BYD» (asosiy versiyalar uchun) va CATL (yuqori versiyalar uchun) tomonidan yetkazib beriladi.

Qayd etilishicha, «Xiaomi» brendi ostidagi elektromobil kompaniyaning o‘z mijozlari uchun keng qamrovli ekotizim yaratish rejasining muhim qismidir. Kompaniya smartfonlar va boshqa maishiy texnikalar uchun operatsion tizimni allaqachon yangiladi, u kelajakda elektromobillarni ham o‘z ichiga oladi. Shunda foydalanuvchilar «Xiaomi» mahsulotlarining barcha turlarini yagona platformada boshqarishlari mumkin bo‘ladi.

Mashina narxlari, shuningdek, chiqarilish sanasi hozircha noma’lum. Kompaniya avvalroq ilk elektromobilini 2024-yilning birinchi yarmida rasman chiqarilishini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring