Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi

Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi

Foto: Wikimedia Commons

Istanbulda magnituda kuchi 7,2 dan 7,6 gacha bo‘lgan zilzila kutilmoqda. Bu haqda Istanbul texnika universiteti professori, seysmolog Naji Go‘rur KRT telekanali efirida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, kuchli zilzila Istanbuldagi 59 mingtagacha uyni vayron qilishi mumkin.

Biroq seysmolog mamlakat hukumati tabiiy ofatga yetarlicha tayyorgarlik ko‘ra olmasligidan xavotirda. Chunki uning Qahramonmarashdagi yer osti silkinishlari haqidagi ogohlantirishini hukumat bee’tibor qoldirgandi.

Go‘rur o‘tgan yil fevralida Turkiya janubi-sharqida yuz bergan kuchli zilzilani bashorat qilib tilga tushgan. Turkiya va Suriyada tabiiy ofat oqibatida 50 mingdan ortiq inson qurbon bo‘lgan, 100 mingdan ziyod odamlar jarohatlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring