Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahonda harbiy xarajatlar 2026-yilda 3,29 trln dollarga yetadi

Jahonda harbiy xarajatlar 2026-yilda 3,29 trln dollarga yetadi

Foto: Unsplash

Jahon harbiy xarajatlari 2026-yilda 3,29 trillion dollarga yetadi. Bu haqda SIPRI, NATO va milliy idoralar ma’lumotlari dalolat bermoqda.

Solishtirish uchun: 2025-yilda jahon bo‘yicha harbiy xarajatlar 2,95 trln dollarni tashkil etgandi.

Global mudofaa xarajatlarining uchdan bir qismi 2025-yilda AQSh hissasiga to‘g‘ri keldi (954 milliard dollar), NATOning qolgan mamlakatlari umumiy xarajatlari esa taxminan 550 mlrd dollarni tashkil etdi. AQSh xorijga qurol-yarog‘ sotishni ko‘paytirgan: 2021-yilda 54 mlrd dollar edi, 2025-yilda kamida 64 mlrd dollargacha o‘sdi.

So‘nggi besh yilda qurol-yarog‘ning eng yirik qabul qiluvchisi Ukraina bo‘ldi. 2021-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrda yetakchi import qiluvchilar qatoriga, shuningdek, Hindiston (56 mlrd dollar), Saudiya Arabistoni (46 mlrd), Qatar (44 mlrd) va Pokiston (29 mlrd) kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring