Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kosovo sobiq prezidenti va bosh vaziri 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Kosovo sobiq prezidenti va bosh vaziri 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Foto: LRT

16-sentyabr kuni Gaagadagi Maxsus sud Kosovoning sobiq bosh vaziri va prezidenti Hoshim Tachini 1998-1999-yillarda Kosovo albanlari va Serbiya o‘rtasidagi qurolli mojaro paytida sodir etgan urush jinoyatlari uchun 25 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Kosovo Ozodlik Armiyasining yana uch nafar sobiq qo‘mondoni 13 yildan 25 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi. Kosovo tomoni hukmni «dahshatli» deb atadi va uni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Serblar ham hukmdan norozi, chunki sudlanuvchilarning harakatlari insoniyatga qarshi jinoyatlar sifatida tasniflanmagan.

​Gaagadagi Maxsus sud sudyasi Charlz Smit Kosovoning sobiq bosh vaziri va sobiq prezidenti Hoshim Tachi va Kosovo Ozodlik Armiyasining yana uch nafar sobiq qo‘mondoni - sobiq parlament spikerlari Kadri Veseli va Yakup Krasnichi, shuningdek, sobiq deputat Redjep Selimining aybdor deb topilgan hukmlarini e’lon qildi. Hashim Tachi va Yakup Krasnichi 25 yilga, Kadri Veseli 18 yilga va Redjep Selimi 13 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

​Maxsus sud 2015-yilda Kosovo parlamentining qarori bilan 1998-1999-yillarda Kosovo albanlarining Serbiyaga qarshi qurolli kurashi paytida urush jinoyatlarini sodir etgan sobiq KOA qo‘mondonlari va jangchilarini javobgarlikka tortish uchun tashkil etilgan.

Sud Kosovo yurisdiksiyasi doirasida faoliyat yuritsa-da, uning xodimlari butunlay chet elliklardan iborat va guvohlarning ta’qib qilinishining oldini olish uchun Gaagada joylashgan.

​Hashim Tachi va KOAning yana uchta qo‘mondoni ustidan sud jarayoni uch yildan ortiq davom etdi va shu yilning fevral oyida yakunlandi. Prokurorlar sudlanuvchilarning har biriga 45 yil qamoq jazosini talab qilib, ularni urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybladilar. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, KOA muxoliflari - albanlar, serblar, lo‘lilar va boshqalar - KOA markazlarida noqonuniy ravishda hibsga olingan; ular qatl etilgan va qiynoqqa solingan, natijada taxminan 100 kishi halok bo‘lgan.

Himoya tomoni barcha ayblovlarni rad etdi va sudlanuvchilarning KOA jinoyatlaridan xabardor ekanligiga hech qanday dalil yo‘qligini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring