Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mamlakatini karantinga qamagan sog‘liqni saqlash vaziri restoranda «qo‘lga tushdi» — Chexiya

Mamlakatini karantinga qamagan sog‘liqni saqlash vaziri restoranda «qo‘lga tushdi» — Chexiya

Roman Primula.

Foto: «Rossiyskaya gazeta»

Chexiyada lokdaun joriy etilgan kuni kechqurun sog‘liqni saqlash vaziri Roman Primula restoranda hukumatdagi hamkasblari bilan o‘tirgani hammayoqqa ovoza bo‘lib ketdi.

Uning iste’foga chiqarilishini nafaqat muxolifat, balki hukumat rahbari (Andrey Babish) ham talab qilishni boshladi. Biroq vazir prezidentning tegishli qarorisiz hech qayoqqa ketmasligini aytib, oyoq tirab turib oldi. Aftidan, Chexiyada koronainqiroz ortidan hukumat inqirozi ham «pishib yetilgan» ko‘rinadi. Diqqatga sazovor yana bir jihat: Roman Primula sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlanganiga bir oy bo‘ldi...

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22-oktyabrdan Chexiya qattiq karantinga qaytgan Yevropa ittifoqidagi ikkinchi mamlakatga (Irlandiyadan so‘ng) aylangan, aksariyat kichik do‘konlar va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari yopilgan, odamlarga faqat ishga borish, dorixona va oziq-ovqat do‘konlariga chiqish uchun ruxsat etilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Chexiyada koronavirus bilan jami kasallanishlar soni 194 mingga yetgan, 21 oktyabr kuni 11 984 nafar kishida kasallik aniqlanib, antirekord qayd etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring