Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur shaxmatchi «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritildi

Mashhur shaxmatchi «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritildi

Mashhur shaxmatchi Garri Kasparov Rossiyaning «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritildi.

«Rosfinmonitoring muxolifatchi Garri Kasparovni (ilgari «xorijiy agent» deb e’lon qilingan) ularning ekstremistik faoliyat yoki terrorizmga aloqadorligi haqida ma’lumot mavjud bo‘lgan shaxslar va tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi.

Bu shuni anglatadiki, Rossiya banklari uning mablag‘larini muzlatib qo‘yishi va xizmatlarini to‘xtatib turishi kerak.

Ro‘yxatda Kasparov ismining yonida «yulduzcha» bor, bu unga nisbatan «terrorchilik» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini bildiradi, deb yozadi «Mediazona» nashri.

Rasmiylar shaxmat bo‘yicha sobiq jahon chempioniga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida avval xabar bermagan.

«Terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxati «Rosfinmonitoring» tomonidan yuritiladi - u avtomatik ravishda Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining «ekstremistik» yoki «terrorchilik» moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan shaxslarni - hatto sud hukmi chiqarilishidan oldin ham o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, Kasparov shaxmatdagi faoliyatini 2005 yilda yakunlagan. 2013 yilda Rossiyadan chiqib ketgan Kasparov Vladimir Putin hokimiyatini ashaddiy tanqidchilaridan sanaladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring