Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nepaldagi dahshatli ofat qurbonlari soni oshmoqda

Nepaldagi dahshatli ofat qurbonlari soni oshmoqda

Mamlakat rasmiylarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni Nepal g‘arbida sodir bo‘lgan so‘nggi yillardagi eng kuchli — 6,4 magnitudali zilzila oqibatida kamida 157 kishi halok bo‘lgan.

Mamlakatning g‘arbiy ikki viloyatida yana 140 kishi jarohatlangan, deb xabar beradi India Today.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligi qurbonlar haqidagi xabarlar, jumladan, zilzila epitsentriga qo‘shni hududlardan kelib tushayotganini ta’kidladi. Barcha jabrlanganlar mamlakat poytaxti chekkasidagi shifoxonalarga yetkazilgan.

4 noyabr kuni kechki payt Nepalning g‘arbiy ikki viloyati kuchli zilziladan jabr ko‘rdi. Yer silkinishlari mamlakatda 2015 yildan beri sodir bo‘lgan ikkinchi eng dahshatli tabiiy ofat bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring