Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nigeriyada sel: qurbonlar ko‘p

Nigeriyada sel: qurbonlar ko‘p

Foto: «sabah.com»

G‘arbiy Afrika davlati Nigeriyaning Delta shtatida jala tufayli yuzaga kelgan sel 12 kishining umriga zomin bo‘ldi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr» sayti.

Nigeriya Milliy favqulodda holatlar agentligi (NEMA)ning Delta koordinatori Ualson Ibarakumo Brandonning bayonot berishicha, tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlardan 3 nafari bola bo‘lgan.

Sel tufayli yuzlab uylar talofot ko‘rgan.

Nigeriyada olti oydan beri yog‘ingarchiliklar davom etyapti.

So‘nggi 2 hafta mobaynida sel tufayli 100 dan ziyod kishi halok bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring