Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota-ona, bir kunda tug‘ilgan yetti egizak, yordamga shay jamiyat

Ota-ona, bir kunda tug‘ilgan yetti egizak, yordamga shay jamiyat

1997-yil 19 noyabrda Amerikaning Ayova shtatidagi Bobbi Makkogi oilasida yetti farzand dunyoga keldi. Chaqaloqlarning tug‘ilganda vazni 1,13 dan 1,54 kilogrammgacha bo‘lgan.

Qanday qilib Bobbi va Kenni ko‘p farzandli ota-onalar bo‘lishdi? Ularning bosh farzandi Mikayela (1996-yil) tug‘ilgandan keyin boshqa farzand ko‘ra olmadilar, ammo davolanish natijasida Kenni yana homilador bo‘ldi. Ona qornida yetti nafar homila borligini ma’lum qilishganida, avvaliga ular sarosimaga tushishdi, lekin er-xotin dindor bo‘lgani sababli, hammasini saqlashga qaror qilishdi.

Albatta, ko‘pchilik ularni bu xavfli tashabbusdan qaytarishmoqchi bo‘lishdi – lekin xavf ortda qoldi. Bolalardan ikki nafari – Neytan va Aleksis miya falajligi bilan tug‘ilgan va yurishi uchun ularni operatsiya qilish kerak edi. Neytan kundan-kunga yordamsiz yurishni o‘rgandi, Aleksis ham hech qachon ortga chekinmadi.

Juda ko‘p yordam

Chaqaloqlar tug‘ruqxonadan uyga kelgach Makkogilarni tanigan va umuman tanimaydigan odamlar ularga yordam berishga shoshilishdi. Kimdir bir yillik makaron va pishloq yetkazib berishni o‘z zimmasiga oldi. Shuningdek, ularga bepul tagliklar berildi, ba’zilar esa enaga yoki boquvchi sifatida yordam berishni taklif qilishdi. Ajablanarlisi shundaki, oilaga 464 kvadrat metrlik uy ham berishgan,

hatto bir kishi oilaga yangi furgon sovg‘a qildi.

  

Ular katta bo‘lganlarida bir nechta universitetlar bepul ta’lim berishni taklif qilishdi. Mashhur kiyim brendlaridan biri bolalarni besh yoshgacha kiyim bilan ta’minlashni o‘z zimmasiga olgan.

To‘rt yigitga Kenni Robert, Brandon Jeyms, Natan Roy va Joel Stiven, qizlarga Aleksis Meri, Natali Suye va Kelsi Enn ismlari berildi.  

Bu voqea shunchalar shov-shuvli bo‘ldiki, ilk kunlari OAV chaqaloqlarni bezovta qilmasligi uchun hatto politsiya Makkogining uyi tashqarisida qo‘riqlash postini o‘rnatishga majbur bo‘ldi.

Tanqid

Sakkiz bolani tarbiyalayotganlarga ko‘pchilik havas qilsada, ammo ularni tanqid qilayotganlar ham yo‘q emasdi. Ba’zi odamlar ko‘p farzandli bo‘lgan oilani mas’uliyatsizlikda ayblashdi, ba’zilari ko‘p farzand natijasida hosil bo‘ladigan chiqindilar miqdori atrof-muhitga zarar yetkazishda rol o‘ynashi mumkinligiga ishora qilishdi.  

Yosh ota-ona bilan 1934 yilda Kanadaning Ontario shahrida besh nafar egizakni voyaga yetkazgan Elzira Dionne oilasi tajribalarini o‘rtoqlashdi. Va yana ular farzandlarining hayotini iloji boricha maxfiy saqlashni maslahat berishdi.

Ikki kir yuvadigan mashina

Birgina bolaga qarash ancha mushkul vazifa ekanligini hisobga olsak, sakkiz bolaning kir-chirini yuvish, osh-ovqatini qilish qanchalik qiyin ekanligini anglash qiyin emas. Ma’lum qilinishicha, Makkogi oilasi haftasiga o‘rtacha 17 marta kir yuvishgan. Tasavvur qiling, ular kuniga  o‘rtacha 52 ta taglik ishlatgan va 42 shisha sut bilan oziqlangan.

Tejamkorlik saboqlari

Kutilganidek, er-xotin har kuni ko‘p pul sarflashgan. Shunday qilib, Bobbi va Kenni katta oilalarini boshqarish va xarajatlarini nazorat qilish strategiyasini ishlab chiqishga qaror qilishdi.

Ota-ona mahsulotlar barakali bo‘lishi uchun ko‘plab sotib olib qo‘ydilar, bir oylik xarajati 300 dollarni tashkil qilgan. Ular oylik xarajatlarni qisqartirish uchun o‘zlari meva va sabzavotlarni yetishtirishni boshladilar.

Ko‘p bolali oilaga hamma qarashgan, hatto uy quruvchilar ham navbati bilan chaqaloqlarni ko‘tarib tushgan suratlari bor.

Ularni boqishga ammasi, ya’ni Bobbining singlisining juda katta yordami tekkan.

Egizaklar uchun aravachalar ham muammo edi. Ular to‘rtta bola o‘tiradigan ikki aravachani sotib olishdi.

Juda ko‘p e’tibor

Chaqaloqlar tug‘ilganda AQSh prezidenti Bill Klinton ham er-xotinga qo‘ng‘iroq qilib, ularni tabriklagan.

Oradan yillar o‘tib, keyingi prezident Jorj Bush ham bolalar bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ldi.  

Ulashishni o‘rganish

Makkogilar nafaqat tejamkor bo‘lishga harakat qilishdi, balki ular o‘z farzandlariga baham ko‘rish haqida saboq bera olishdi. Ya’ni yetti bolaning tug‘ilgan kuniga bitta tort, to‘rtta sham ...

Turli xil shaxslar

Egizaklar o‘sib-ulg‘aygan sari, ular ham turli shaxsiyatlarni rivojlantira boshladilar. Misol uchun, Brandon jasur va biroz o‘jar edi. Kichik Kenni hazil-mutoyibaga o‘ch edi, Natali va Joel kitob o‘qishni yoqtirardi.

Ulardan yana biri yugurish sportiga, yana biri kurash jamoasiga, boalardan boshqalari xor va nutq to‘garagiga a’zo bo‘lishdi.

Shved stoli

Sakkiz nafar bolani boqish haqida gap ketganda, faqat bitta ovqat bilan kifoyalanishning imkoni yo‘q. Shuning uchun Bobbi va Kenni oshxonada shved stolini tashkil qilishdi. Kim nima istasa o‘shani tanlab yeyishardi.  

Ishonchni singdirish

Egizaklar o‘n olti yoshga to‘lganda, ularga yana matbuot va odamlar  e’tibor qaratdilar. Axir har bir inson ularning o‘z hayotida nima bo‘layotganini va xarakterini bilishni xohlardi.

Kenni, avvalo bolalarini mehnatkashlikka o‘rgatdi. U telekanallardan biriga bergan intervyusida shunday dedi: «Men har doim bolalar bizni oson va yaxshi hayot kechirayapti, deb o‘ylashlaridan qo‘rqardim. Men ularga hayot haqiqati nima ekanligini asta-sekin tushuntirdim. Maoshimga bunday uy sotib olishning iloji yo‘q. Agar biror narsaga erishmoqchi bo‘lsangiz, buning uchun ko‘p mehnat qilishingiz kerak. Istaklaringizni amalga oshirish uchun harakat qiling».

Egizaklar 2016 yilning may oyida maktabni bitirishdi. Natali, Neytan, Joel va Kelsi tekin o‘qish taklifini qabul qilib, Missuri shtatidagi   universitetlaridan birida tahsil olishdi.

Aleksis va Kenni mahalliy kollejga borishga qaror qilishdi. Bu Kenni va Bobbi uchun yoqimli yangilik edi. Aleksis o‘qituvchi, Natali – boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Kenni kichik – duradgor. Neytan va Joel dasturchi. Kelsi musiqachi. Brendon AQSh armiyasi safida xizmat qilmoqda.

«Biz o‘zimizni faqat birodarlar emas, balki eng yaxshi do‘st deb bilamiz», deydi Aleksis.

Katta opa Mikeyla turmushga chiqib farzandini dunyoga keltirganida, duradgor tog‘a Kenni opasi uchun skameykali klassik oshxona stolini yasadi.

Yolg‘izlikni his qilish

Bobbi va Kennining barcha farzandlari o‘qish va ishi tufayli uylaridan uzoqda yashashadi. Biroq, ular ko‘nikishga harakat qilmoqdalar, chunki ular uzoq masofalarga qaramay, farzandlari qalban doimo ularga yaqin ekanligini bilishadi.

Biroq, Kenni Makkogi bo‘sh vaqtini o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyatni topdi. U mototsikllarni qismlarga ajratadi va keyin ularni ehtiyotkorlik bilan yig‘adi. Shuningdek, u o‘zining mototsiklida mamlakat bo‘ylab sayohat qiladi.

Uyni sotish

Bolalar har yoqqa uchirma bo‘lgach, uy Bobbi va Kenniga kattalik qila boshladi. Va ular uyni kichikrog‘iga almashtirishga qaror qilishdi. Uyni sotib olgan yangi uy egalari omad va baxtga to‘la uyga erishganidan juda baxtli edilar.

Jamiyatga qarzni qaytarish

Bobbi va Kenni o‘z uylarini katta miqdorda pulga sotishlari mumkin edi, lekin ular uyni notijorat tashkilotga arzonga berishdi. Bu tashkilot uylarni rejasiz homilador bo‘lgan yosh ayollarga yordam sifatida beradi.

Er-xotindan o‘zlarining saxiy qarorlari haqida so‘ralganda, ular shunday javob berishdi: «Biz bunday ajoyib sovg‘a olganimizdan baxtiyormiz va bizning uyimiz endi muhtojlar uchun boshpana bo‘lsa bundan biz faqat xursand bo‘lamiz, bizga o‘sha paytlari juda ko‘pchilik yordam berishdi, endi biz ham shu qarzimizni qaytarishimiz kerak».

Bobbi va Kenni o‘z tajribalarini o‘rtoqlashish maqsadida keyinchalik egizaklar haqida kitob chiqarishdi.

«Agar siz ulardan maslahat so‘rasangiz, bitta juda muhim fikrni aytishadi: agar hayotingizda biror narsani qattiq xohlasangiz, orzu qilsangiz, albatta buni qiling».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring