Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poroshenkoning maoshi qancha?

Poroshenkoning maoshi qancha?

Foto: «Twitter»

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko noyabr oyida 28 ming grivna (1000 dollar atrofida) maosh oldi. Davlat ishlar boshqarmasi «Ukranews» so‘roviga shu javobni berdi.

«Ukraina prezidenti P.A.Poroshenko hisobiga xizmat okladi — 28 000 miqdorida ish haqi o‘tkazib berildi. Ish haqi ko‘rinishidagi boshqa qo‘shimchalar (ustamalar, mukofot pullari va boshqalar) Ukraina prezidenti uchun belgilanmagan», deyiladi javobda.

Hisoblangan maoshdan 5 460 grivna soliqlarga ushlab qolingan.

Qolgan 22 540 grivna Poroshenkoning ko‘rsatmasiga binoan xayriya maqsadlarida (aynan qaysi ishlarga sarflangani ko‘rsatilmagan) ishlatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring