Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin va Netanyaxuni hibsga olish uchun order so‘ragan prokuror lavozimidan chetlatildi

Putin va Netanyaxuni hibsga olish uchun order so‘ragan prokuror lavozimidan chetlatildi

Foto: Reuters

Xalqaro jinoyat sudi (XJS)ga a’zo davlatlar assambleyasi bosh prokuror Karim Xonni lavozimidan chetlatdi, deb xabar berdi Reuters.

Agentlik manbalariga ko‘ra, sudga a’zo 125 davlatdan 82 tasi Karim Xonni chetlatishni qo‘llab-quvvatladi. Qaror qabul qilinishi uchun kamida 63 davlatning ovozi talab etilardi.

Xalqaro jinoyat sudi bosh prokurori Karim Xon sud xodimalaridan biriga nisbatan uzoq vaqt davomida ta’qib va shilqimlikda gumonlanib, iyun oyida vazifasidan vaqtincha chetlatilgan edi.

Karim Xon barcha ayblovlarni rad etgan, uning advokatlari chetlatish qarorini «qonunga zid, adolatsiz va yetarli dalillar bilan asoslanmagan», deyishgandi.

Karim Xon

Karim Xon 2021-yildan buyon Xalqaro jinoyat sudi bosh prokurori sifatida ishlab kelgan. U Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olish uchun order so‘rab xalqaro miqyosda tilga tushgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring