Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maksim Galkin Indoneziyaga kiritilmadi

Maksim Galkin Indoneziyaga kiritilmadi

Rossiyalik qiziqchi Maksim Galkin Indoneziyaga kiritilmadi. Bu haqda u instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.

Galkinning so‘zlariga ko‘ra, Indoneziyaga kelishidan ikki kun oldin unga mehnat vizasi bo‘yicha ruxsat berilgan va 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan konsert uchun hujjatlar joyida bo‘lgan. Biroq,pasport nazorati paytida qiziqchiga Rossiya hukumatining maktubiga asoslanib, mamlakatga kirish taqiqlangan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir yarim yil ichida u turli mamlakatlarda 150 ga yaqin konsert bergan, faqat «Rossiya hukumati bosimi ostida» 2023 yil kuzida Qozog‘istonda ikkita, Tailandda ikkita va hozir Balida bitta konserti bekor qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring