Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonning yangi prezidenti lotin yozuviga o‘tilishi haqida

Qozog‘istonning yangi prezidenti lotin yozuviga o‘tilishi haqida

Foto: «Reuters»

«Qozoq tilining lotin alifbosiga o‘tishi ma’naviy modernizatsiyada muhim bosqichdir», — Qozog‘iston prezident Qosim-Jomart Tokayev mamlakatda yangi alifboga o‘tishning ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Foto: «Rueconomics.ru»

«Alifbening tanlanishi — shunchaki yozish uchun shablon emas. Bugungi Qozog‘iston davr talabidan ortda qolayotgani yo‘q: qo‘shni mamlakatlar ham lotin alifbosini tanlashgan, jahondagi axborotning 90 foizi lotin yozuvida chiqyapti. Kim axborotga ega bo‘lsa, uning fan va texnologiyalari rivojlanadi. Qozoq tilining lotin alifbosiga o‘tishi ma’naviy modernizatsiyada muhim bosqichdir», — dedi prezident Tokayev.

Davlat rahbari o‘z faoliyatida lotin yozuvidan foydalanayotgan qator jamoatchilik tashkilotlari va kompaniyalarga alohida urg‘u berib o‘tdi.

Tokayevning aytishicha, lotin yozuviga bosqichma-bosqich o‘tiladi, xatolar tuzatib boriladi, jadval ishlab chiqilgan va unga qat’iy amal qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda kirill yozuvidan lotinchaga o‘tish to‘g‘risidagi farmon Nursulton Nazarboyev tomonidan chiqarilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring