Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil kechasi Rim o‘lik qushlar «yomg‘iri» ostida qoldi (video)

Yangi yil kechasi Rim o‘lik qushlar «yomg‘iri» ostida qoldi (video)

Yangi yil kechasi Rim shahri o‘lik qushlar «yomg‘iri» ostida qolgan. Shaharning hududlarida jonsiz qushlar topilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Italiya poytaxtining markaziy ko‘chalari, stansiyalari pirotexnika vositalarining kuchli shovqini tufayli o‘lgan qushlarga to‘lgan. Corriere della Sera gazetasi bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘plab foto va video dalillarga asoslanib xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yarim tunda pirotexnika va salyutlar otila boshlagandan so‘ng, qo‘rqib ketgan qushlar kuchli portlashlardan qochishga urinishganini, o‘lik qushlarning tom ma’noda «yomg‘iri» tushirilgan videolarni joylashtirishgan.

Xalqaro hayvonlarni himoyalash tashkiloti ularning o‘limi pirotexnika bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytdi: ya’ni qushlar kuchli ovozdan qo‘rqib ketib yo‘nalishni buzishgan, to‘siqlarga duch kelishgan va yurak xurujidan o‘lishgan.

Italiyaliklar ijtimoiy tarmoqlarda guvohi bo‘lgan ayanchli voqeadan keyin yangi yilni nishonlash istagi yo‘qolganini yozib qoldirishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring