Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Ukrainaga qattiq zarba berdi

Rossiya Ukrainaga qattiq zarba berdi

Ukrainaning bir qator hududlari 29-dekabr kuni Rossiya raketalari zarbasiga uchradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 150 ga yaqin raketa uchirilgan. Yaqin o‘rtada Rossiya tomonidan bunday ko‘lamdagi hujumlar kuzatilmagandi. 

Ukraina Bosh prokuraturasi va politsiyasi raketa hujumi oqibatida halok bo‘lganlar sonini e’lon qildi.

Ukraina Milliy politsiyasiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 13:00da yirik raketa otishmasi oqibatida 18 nafar tinch aholi halok bo‘lgani ma’lum bo‘lgan. Yana 132 kishi jarohatlangan.

Avvalroq mamlakat bosh prokurori Andrey Kostin kamida 16 kishi halok bo‘lgani va 97 kishi yaralanganini ma’lum qilgandi. Yaradorlar orasida kamida 6 va 8 yoshli ikki bola bor, deya qo‘shimcha qildi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, qidiruv ishlari davom etmoqda.

Viloyat ma’muriyatlarining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘lganlarning umumiy soni allaqachon 20 dan ortiq. Birgina Zaporojeda olti kishi qurbon bo‘ldi, 12 kishi esa jarohatlandi. 

Prezident Zelenskiy mazkur hujumlarga javob bo‘lishini va’da qildi. 

Eslatib o‘tamiz, Ukraina uch kun avval Rossiyaning yirik desantchi kemasini portlatib yuborgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring