Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyadagi terakt bo‘yicha gumonlanuvchilar ushlandi

Rossiyadagi terakt bo‘yicha gumonlanuvchilar ushlandi

Moskvadagi konsert zalida sodir etilgan teraktga aloqador 11 kishi ushlandi. 

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov Vladimir Putinga 11 kishi, jumladan, Krokus Siti xolldagi teraktda ishtirok etgan 4 nafar terrorchi hibsga olingani haqida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.

«Terror hujumi bo‘yicha ishda sheriklar bazasini aniqlash bo‘yicha keyingi ishlar davom etmoqda», — deya qo‘shimcha qildi Kreml.

Eslatib o‘tamiz,  konsert zalidagi terakt va portlash sabab hozirgacha 60 kishining o‘limi tasdiqlangan,  yuzlab kishilar jarohat oldi. 

Shuningdek,  hodisaning ehtimoliy tashkilotchilari ham ma’lum qilindi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring