Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rublni yangi yilda nimalar kutmoqda? Ekspertlar kutilmalarni e’lon qildi

Rublni yangi yilda nimalar kutmoqda? Ekspertlar kutilmalarni e’lon qildi

Tahlilchilar 2024-yilning birinchi choragida rubl kursi bir dollar uchun 85-88 rubl atrofigacha mustahkamlanishini taxmin qilmoqda. Bu haqda RBK ekspertlar so‘roviga asoslanib xabar bermoqda.

SberSib tahlilchisi Yuriy Popov mart oyi oxirigacha bir dollar 85 rublga bo‘lishini kutmoqda. Uning qayd etishicha, bunga Markaziy bank tomonidan budjet qoidasiga ko‘ra valyuta sotilishi sabab bo‘ladi. Rosbank eksperti Yuriy Tulinov 2024-yilning birinchi choragida bir dollar uchun 88 rubl kursini prognoz qilmoqda.

Oktyabr-noyabr oylarida rubl neft narxining oshishi va eksportchilar tomonidan valyuta tushumlarini majburiy sotish to‘g‘risidagi farmonning kiritilishi tufayli biroz mustahkamlandi. Biroq, dekabr oyida neft narxining pasayishi tufayli tendensiya salbiy tomonga o‘zgardi.

Mutaxassislarning fikricha, valyutani majburiy sotish haqidagi farmon bekor qilinib, prezidentlik saylovlari o‘tkazilgandan keyin vaziyat o‘zgarishi mumkin. Biroq, eksport daromadlari oqimining kamayishi tufayli zaiflashish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada millionlab o‘zbekistonlik muhojirlar ishlaydi va ular jo‘natayotgan mablag‘lar bir necha milliard dollarga nisbat beriladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring