Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shvetsiya rasman NATOning 32-a’zosiga aylandi

Shvetsiya rasman NATOning 32-a’zosiga aylandi

Bu haqda AQSh poytaxti Vashingtonda mamlakatning alyansga qo‘shilish marosimida ma’lum qilindi.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kirstersson Vashingtondagi uchrashuvidan so‘ng qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazdi.

Blinken jurnalistlarga Shvetsiyaning NATO ittifoqiga qo‘shilishining rasmiy protokolini ko‘rsatar ekan, shunday dedi: «Men Shvetsiyani Vashington shartnomasi (NATO ta’sis shartnomasi) ishtirokchisi va NATOning 32-a’zosi sifatida qutlayman».

U, shuningdek, Shvetsiyaning qo‘shilishi NATOni yanada kuchli qilishini ta’kidladi.

NATO bosh kotibi ham o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Shvetsiya NATOga rasman qo‘shilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, rasmiy marosim 11 mart kuni NATOning Bryusseldagi qarorgohida bo‘lib o‘tadi va u yerda Shvetsiya bayrog‘i ko‘tariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring