Tahlil: Yevropa jazirama sabab 800 mlrd yevro zarar ko‘rishi mumkin
EUobserver’ning iqlim tahlilchilariga tayanib xabar berishicha, 40°C dan yuqori ekstremal haroratlar Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Ularning fikriga ko‘ra, umumiy yo‘qotishlar taxminan 800 milliard yevroni tashkil qilishi mumkin.
«Issiqlik to‘lqinlari Yevropa aholisining sog‘lig‘i va iqtisodiyot uchun jiddiy xavf tug‘diradi, jiddiy makroiqtisodiy va hatto moliyaviy oqibatlarga olib keladi», dedi Yevropa atrof-muhit agentligi (EEA) mutaxassisi Xans-Martin Fyussel. Tashqi ishlarga tayanadigan sohalar, xususan, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalari eng ko‘p zarar ko‘rishi mumkin.
Nashr Germaniyaning Allianz SE sug‘urta kompaniyasining 2030-yilga kelib Yevropa iqtisodiyotiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararni bashorat qilgan hisobotiga iqtibos keltiradi. Tahlilchilar Italiya, Ispaniya va Fransiyani eng zaif mamlakatlar sifatida belgilaydilar, chunki ular ekstremal harorat ta’siriga eng kam bardosh bera oladilar. Faqat Fransiyada iqtisodiy yo‘qotishlar 211 milliard yevroga baholanmoqda, undan keyin Italiya (147 milliard yevro), Germaniya (131 milliard yevro) va Ispaniya (120 milliard yevro).
Fransiya rasmiylari o‘rmon yong‘inlariga sabab bo‘lgan omillar sifatida qurg‘oqchilik va mas’uliyatsizlikni keltirdilar. Bu yil birinchi yong‘inlar iyul oyining o‘rtalarida, avval Parij chekkasida, keyin esa mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida boshlandi. Keyinchalik yong‘inlar Ispaniya va boshqa mamlakatlardagi o‘rmonlarda boshlandi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyi oxiriga kelib, yong‘inlar Yevropa bo‘ylab 430 ming gektardan ortiq o‘rmonni vayron qilgan. Financial Times gazetasi faqat shu mavsum uchun 3 milliard dollar zararni hisoblab chiqdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter