Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Telegram Ukraina uchun jiddiy tahdid» — razvedka rahbari

«Telegram Ukraina uchun jiddiy tahdid» — razvedka rahbari

Telegram Ukraina uchun milliy xavfsizligi uchun muammo tug‘diradi, ammo undan mamlakat manfaatiga ham foydalanish mumkin. Messenjerni Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) rahbari Kirill Budanov tahdid sifatida tilga oldi, deb xabar beradi «RBK-Ukraina».

«Telegram - uni hamma o‘qiydi. Bu yerda, ichkarida bu halokatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, lekin shu bilan birga siz odamlarga nimanidir yetkazishingiz mumkin. Ammo milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan messenjer shubhasiz muammodir», - deya harbiyning so‘zlarini keltiradi nashr. 

Uning tushuntirishicha, platforma ta’lim va malakaga ega bo‘lmagan odamlarga mashhur bo‘lishi uchun sharoit yaratadi va bu jamiyatda yolg‘on ma’lumotlar tarqalishiga yordam beradi.

Budanovning aytishicha, u so‘z erkinligiga qarshi emas, ammo milliy manfaatlar sabab ba’zi holatlarga ko‘z yumib bo‘lmaydi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring