Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp AQShda «tug‘ruq turizmi»ni taqiqladi

Tramp AQShda «tug‘ruq turizmi»ni taqiqladi

Foto: RBK

AQSh prezidenti Donald Tramp «tug‘ruq turizmi»ni cheklash va Amerika fuqaroligini himoya qilishga qaratilgan ikkita farmonni imzoladi.

Birinchi hujjatga ko‘ra, ayrim toifadagi xorijliklarning farzandlari tug‘ilgan joyiga ko‘ra avtomatik ravishda AQSh fuqaroligini ololmaydi.

Gap AQSh hukumati mamlakatga qarshi deb hisoblaydigan xorijliklar, xorijiy terrorchilik tashkilotlari a’zolari, shuningdek, chet davlatlar manfaatlarini ifoda etuvchi shaxslar haqida bormoqda.

Ikkinchi farmon bilan Davlat departamenti va Ichki xavfsizlik vazirligiga «tug‘ruq turizmi» amaliyotiga barham berish topshirildi. Endilikda farzandiga tug‘ilish orqali AQSh fuqaroligini olish maqsadida mamlakatga kelayotgan xorijliklarga kirishga ruxsat berilmaydi.

Oq uyda ta’kidlanishicha, AQSh fuqaroligi «bebaho va yuksak ne’mat» hisoblanadi. Yangi choralar uning ahamiyatini himoya qilish hamda immigratsiya tizimi suiiste’mol qilinishining oldini olishga qaratilgan.

Shuningdek, AQSh rasmiylari ayrim «tug‘ruq turizmi» sxemalari immigratsiya qoidalarini chetlab o‘tishga yordam beruvchi jinoiy guruhlar bilan bog‘liq ekanini qayd etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring