Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada ichida rossiyalik yo‘lovchilar bo‘lgan avtobus halokatga uchradi

Turkiyada ichida rossiyalik yo‘lovchilar bo‘lgan avtobus halokatga uchradi

Foto: «RIA Novosti»

Turkiyada rossiyalik yo‘lovchilar olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi. Rossiyaning Turkiyadagi bosh konsulligi ham bu hodisani tasdiqlagan.

Hodisa bugun mahalliy vaqt bilan soat 05:00 da sodir bo‘lgan.

Avtobusdagi 25 nafar rossiyalik aeroportga ketayotgan bo‘lgan. Avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketgan.

Hodisa natijasida 13 nafar yo‘lovchi jarohatlangan. Ular yaqin atrofdagi shifoxonalarga olib borilgan.

YTHning kelib chiqish sabablari aniqlashtirilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring