Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukrainada Qrim ko‘prigidan ko‘rilgan zarar hisoblab chiqildi

Ukrainada Qrim ko‘prigidan ko‘rilgan zarar hisoblab chiqildi

Foto:«RIA Novosti»

Ukraina avtomobil yo‘llari kompaniyasi rahbarining maslahatchisi va sobiq infrastruktura vaziri o‘rinbosari Aleksandr Kava Ukrainaning Qrim ko‘prigi ishga tushirilishi ortidan ko‘radigan moliyaviy zararini hisoblab chiqdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Apostrof» agentligiga bergan intervyusida amaldor zararni hisoblashda siyosiy bayonotlardan tiyilib turish zarurligini aytdi.

Uning hisob kitobiga ko‘ra Ukraina ko‘prik foydalanishga topshirilishi ortidan 500 million grivna yoki 20 million dollar miqdorida zarar ko‘rgan.

Kerch bo‘g‘ozidan o‘tgan ushbu ko‘prik Qrim yarimorolini Krasnodar o‘lkasi bilan bog‘laydi. Uning uzunligi 19 kilometr. Avtomobil yo‘li aytilgan muddatdan 6 oy oldin ishga tushirildi. Poyezdlar qatnovi esa 2019-yildan yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring