Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda kuchli to‘fon oqibatida 715 ming oshiq kishi evakuatsiya qilindi

Xitoyda kuchli to‘fon oqibatida 715 ming oshiq kishi evakuatsiya qilindi

Foto: China News Service/Getty Images

Xitoyning Guangdong provinsiyasida Noul tayfuni tufayli 715 000 dan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Shamol tezligi ba’zi joylarda 45 m/s (162 km/soat) ga yetdi.

Nanfang Daily xabariga ko‘ra, tayfun 26 iyul kuni ertalab Xitoyning janubiy qirg‘og‘iga yetib keldi. Kuchli yomg‘ir va kuchli shamollar Gonkongga ham ta’sir ko‘rsatdi, bu esa keng ko‘lamli reyslarning bekor qilinishiga olib keldi.

Tayfun mamlakat ichkarisiga qarab harakatlanar ekan, kuchsizlanmoqda.

Guangdong provinsiyasining 16 shahrida tayfun va suv toshqinlari haqida yuqori ogohlantirish e’lon qilindi. Xuyjoudan 205 000 kishi, Shanveydan esa 190 000 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi.

Pokistonning Xayber-Paxtunxva va Panjob viloyatlarida kuchli yomg‘irlar va suv toshqinlari oqibatida 37 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring