Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada jamoat joylarida tamaki chekish taqiqlandi

Yaponiyada jamoat joylarida tamaki chekish taqiqlandi

Foto: «aa.com.tr»

Yaponiyada jamoat joylari ‒ maktab, shifoxona va davlat tashkilotlarida tamaki chekishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

100 kv. m hovlisi bor davlat tashkilotlarida hovlida tamaki chekish ixtiyoriy qilib qo‘yildi.

Qonundan maqsad 2020 yili o‘tkaziladigan Tokio olimpiadasigacha tamaki chekishni kamaytirishdir.

Qabul qilingan qonun 2020 yilgacha bosqichma-bosqich kuchga kiradi.

127 millionga yaqin aholiga ega kunchiqar yurtda 20 million kishi tamaki chekishga ruju qo‘ygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring