Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×
IOS qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Buxoroda Aman Group bilan turizm sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Buxoroda Aman Group bilan turizm sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva «Aman Group» raisi Vladislav Doronin hamda «Capital Group» direktorlar kengaşi raisi Pavel Tyo bilan uçraşib, Buxoroda turizm sohasini rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşdi.

«Biz tarixiy merosga avaylab yondaşadigan xalqaro brendlar bilan şeriklikka oçiqmiz. Bunday taşabbuslar mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini yangi bosqiçga olib çiqişi şubhasiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

«Aman Group» dunyodagi eng nufuzli lyuks mehmonxona va kurort brendlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya mehmonlarga nafaqat yuqori darajadagi xizmat, balki joylaşgan hududning tabiiy va madaniy muhitiga uyğunlaşgan öziga xos tajriba taqdim etiş konsepsiyasi bilan tanilgan.

Buxoro kabi boy tarixiy merosga ega şaharda xalqaro lyuks turizm brendi bilan hamkorlik qiliş sayyohlik infratuzilmasini rivojlantiriş, yuqori daromadli turistlarni jalb etiş va mahalliy iqtisodiyot uçun yangi imkoniyatlar yaratişga xizmat qilişi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring