Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Talabalar uchun innovatsion g‘oyalar tanlovida qatnash va 500 million so‘mgacha grant yutib ol!

Talabalar uchun innovatsion g‘oyalar tanlovida qatnash va 500 million so‘mgacha grant yutib ol!

Davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida «Eng innovatsion g‘oya» respublika tanlovini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Tanlov g‘oliblarini 500 million so‘mgacha bo‘lgan moliyaviy mukofot kutmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentyabrdagi 463-son qaroriga muvofiq, tanlov har yili sentyabr oyidan dekabr oyiga qadar ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich davlat oliy ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladi. Unda saralangan loyihalar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi. Respublika bosqichi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

Tanlovning respublika bosqichida eng yaxshi deb topilgan uchta loyiha quyidagicha moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi:

  1. Birinchi o‘rin 500 million so‘m;
  2. Ikkinchi o‘rin 300 million so‘m;
  3. Uchinchi o‘rin 200 million so‘m.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar o‘zlari tahsil olayotgan davlat oliy ta’lim tashkilotiga murojaat qilishi lozim.

Tanlov orqali talabalarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliyotga tatbiq etish va istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish maqsad qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring