Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AI-80 markali benzin narxi pasaydi

AI-80 markali benzin narxi pasaydi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida 8 yanvar kuni ertalabki sessiyada o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra AI-80 markali avtomobil benzinining narxi pasaydi.

Qayd etilishicha, mahsulotning bir tonnasi 7 474,4 ming so‘mni tashkil qilgan. Bu avvalgi kunga, ya’ni 7 yanvarga nisbatan 6,3 foizga kamdir.

AI-80 markali avtomobil benzinning birjadagi narxi litrga o‘tkazilganda mahsulotning bir litri taxminan 5700 so‘mni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda «O‘zbekneftgaz» AJga tegishli AYoQShlarda AI-80 markadagi benzin narxi 6500 so‘mdan sotilmoqda. Xususiy AYoQShlarda esa narx 7000 so‘m atrofida bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring