Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikada kreditga mashina qanday olinadi?

Amerikada kreditga mashina qanday olinadi?

AQShda o‘nlab avtomobil kompaniyalari bor. Bir yilda yuzlab markadagi 10 millionga yaqin mashina ishlab chiqariladi. "Buyuk kelajak" eksperti Behzod Mamadiyevning fikricha, raqobat juda kuchli: kompaniyalar mijoz uchun bir-biri bilan sifat va narxda juda qattiq kurashadi.

Quyida maqolani to‘liq keltiramiz:

Salondan mashina olish tartibi

Birinchi yangi mashinamni 2013-yil sotib olganman. Yangi mashina olish niyatim yo‘q edi. Shahrimizdagi salonlardan biriga "Pre-owned" (ilgari haydalgan) mashinalar narx-navosini bilgani bordim. Qarasam, ba’zi markadagi yangi mashinalarga 0 foizli besh yillik kredit bor ekan. Olaman, dedim. Xo‘p bo‘ladi, deyishdi. Yarim soatda "Toyota Corolla" mashinasini haydab chiqib ketdim. Boshlang‘ich to‘lov uchun, adashmasam, to‘rt ming dollar to‘lagan edim. Lekin $1-2 ming to‘lab chiqsa ham bo‘ladi.

Agar kreditga olishni istasangiz, avvalo, kredit tarixingizni tekshirishadi. Nafaqat avtosalonda, istalgan joyda kredit olishda shu jarayondan o‘tasiz. Ilgari olgan qarzlaringizni vaqtida to‘laganmisiz, to‘lanmay qolib ketgan qarzlaringiz yo‘qmi, shu kabi ma’lumotlar onlayn tekshiriladi. Sizga oid barcha bank-kredit ma’lumotlari markaziy ma’lumotlar bazasiga ulangan (bu ish bilan 2-3 ta kompaniyalar shug‘ullanadi) bo‘ladi.

Moliyaviy tarixingizga qarab, sizga 300 dan (eng yomoni) 850 gacha (eng yaxshisi) ball beriladi. 700 dan tepasi odatda yaxshi hisoblanadi va mashina, uy-joylarni shu ball bilan bemalol imtiyozli kreditga xarid qila olasiz. Kredit ballingiz qanchalik yuqori bo‘lsa, kredit foizi shuncha past bo‘ladi.

Kredit bahoingiz yetarli darajada chiqqach, siz kredit shartnomasiga, mashinaga oid boshqa hujjatlarga imzo chekasiz. Bularni yarim soatda tugatib, salondan yangi mashina bilan chiqib ketishingiz mumkin.

Narxlar

AQShda 12 ming dollardan boshlab bir necha million dollargacha bo‘lgan mashinalar bor. Hamyoningizga qarab savdo qilaverasiz.

Salonlarda rasman tekshiruvdan o‘tkazilgan, kilometri kam, avval haydalgan (pre-owned), lekin kafolatga ega mashinalar ham sotiladi. Ularni 3-4 ming dollardan boshlab xarid qilish mumkin. Bozorga chiqsangiz (odatda onlayn saytlarda), 1-2 ming dollarga ham yuradigan, "to‘rt muchasi sog‘" mashina topish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring